Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bo‘lg‘usi ichki ishlar xodimlari uchun Cho‘lpon stipendiyasi ta’sis etildi
11.06.2020 09:49,  
127

Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Cho‘lpon” nomidagi stipendiya ta’sis etildi. U fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirayotgan, o‘zining faolligi, tashabbusi, intizomi va shaxsiy fazilatlari bilan jamoada namuna ko‘rsatayotgan kursantlarga beriladi. Bu haqda IIV Akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Cho‘lpon stipendiyasi tanlovi ikki bosqichda, ya’ni test sinovi va suhbat tarzida o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda nomzodlar o‘zbek adabiyotining atoqli namoyandalari, xususan, Abdulhamid Cho‘lponning hayoti va ijodi haqida bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar.

Kursantlarning nafaqat badiiy adabiyotga oid, balki kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida ularga ichki ishlar organlari tizimini isloh qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha test savollari ham beriladi. Test sinovlari yakuniga ko‘ra, har bir o‘quv kursidan eng yuqori ball to‘plagan o‘n nafar nomzod keyingi bosqichga yo‘l oladi.

Ikkinchi bosqichda maxsus ishchi komissiya nomzodlar bilimini ularning savollarga bergan javoblari asosida baholaydi. Bunda talabgorlarning o‘qishi, hulqi, axloq-odobi, jamoat ishlaridagi ishtiroki, topshirgan test sinovlari hamda suhbat natijalari umumlashtiriladi hamda har bir kursdan eng yuqori ballga ega bo‘lgan bir nafardan g‘olib aniqlanadi.

Cho‘lpon stipendiyasi tanlovi har yilning avgust oyida o‘tkaziladi. G‘oliblar 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami arafasida IIV Akademiyasi rahbariyati tomonidan tantanali ravishda taqdirlanadi va ularga yangi o‘quv jarayonining boshlanishi bilan bir yil davomida ushbu stipendiya byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga to‘lab boriladi.

Cho‘lpon stipendiyasi sazovorlarining ota-onasi, ta’lim olgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga Akademiya boshlig‘i nomidan minnatdorlik xatlari yuboriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан