Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bolonyaga qarshi o‘yinda Shomurodov necha ball oldi? Bosh murabbiy u haqida nima dedi?
10.01.2021 15:58,  
1008

    Italiya chempionatining 17-turi doirasida bo‘lib o‘tgan «Jenoa» o‘z maydonida «Bolonya»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlab, 81-daqiqada zaxiraga olindi.

Italiyaning turli nashrlari tomonidan Eldorga qo‘yilgan ball va izohlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

Fantacalcio.it:
"Shomurodov avvalgi ikkita o‘yinda 6,5 ball olgandi. "Bolonya"ga qarshi bahsda u bunday bahoga loyiq bo‘la olmadi. U hozircha hujumning boshlanish qismida yaxshi harakat qilmoqda. "Jenoa"ning birinchi goli bunga isbot bo‘la oladi. U birinchi bo‘limni juda yaxshi o‘tkazdi, ammo ikkinchi taymda biroz yo‘qolib qoldi. Shunga qaramay, uning bahosi — 6.0".

pianetagenoa1893.net:
Shomurodov — 7,0.
Dastlabki 40 daqiqa davomida bir tempdagi o‘yin, keyin aqlbovar qilmas parvoz va odatdagidek aqlli o‘yin.

calciomercato.com
Shomurodov — 6,0 (izohsiz).

WhoScored.co

Shomurodov -7,1.

"Jenoa" bosh murabbiyi Davide Ballardini "Bolonya"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. 

"Destro o‘yinda juda faol harakat qildi. U ham hujumda, ham himoyada yorqin o‘yin ko‘rsatdi. U ajoyib markaziy hujumchi. Shuningdek, ixtiyorimizda Shomurodov va Skamakka ham bor. Ular ham yuksak iqtidor sohibi. Bizga esa hozirda hujumchidan ko‘ra yarim himoyachi va himoyachilar kerak", — dedi Ballardini.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан