Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Boris Jonsonning Hindistonda tushgan surati e’tirozlarga sabab bo‘ldi (Foto)
23.04.2022 23:10,  
1057

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson Hindistonga safari chog‘ida musulmonlarga tegishli do‘konlarni buzish uchun ishlatiladigan buldozerlar ishlab chiqaradigan zavodga tashrif buyurdi va buldozer bilan suratga tushdi.

Boris Jonsonning Hindistonda tushgan surati e’tirozlarga sabab bo‘ldi

Jonson Konservativ partiyaga millionlab funt sterling xayriya qilgan Entoni Bamford tomonidan uyushtirilgan ekskursiyada Gujarat shtatidagi  JCB zavodiga olib ketilgan. Buyuk Britaniya bosh vaziri bu yerda buldozerga  minib, jurnalistlarga suratga tushdi.

Jonsonning Konservativ partiya donori boshchiligidagi kompaniyaga tashrifi va musulmonlarning  do‘konlarini buzishda foydalanilgan  JCB buldozerida tushgan surati tanqidlarga sabab bo‘ldi.

«Britaniya hukumati jim tomoshabin bo‘lishni bas qilishi kerak, chunki Hindiston hukumati har kuni inson huquqlariga cheklovlar qo‘ymoqda», deya munosabat bildirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан