Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Boriy Alixonov Senatdagi yangi qo‘mita raisi etib saylandi
21.10.2020 11:14,  
104

Parlament yuqori palatasining sakkizinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisini saylash hamda mazkur Qo‘mita tarkibi to‘g‘risidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi

Qo‘mita raisi lavozimiga senator Boriy Botirovich Alixonovning nomzodi taklif etildi.

B. Alixanov ko‘p yillar Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik harakati, keyinchalik Ekologik partiya yetakchisi va parlament a’zosi sifatida samarali faoliyat olib borgan. Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishga qaratilgan milliy va xalqaro ko‘lamdagi loyihalar, dasturlarni amalga oshirishda faol ishtirok etgan. Ayniqsa, bu boradagi qonunchilikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan. 

Bundan tashqari, ayni paytda Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan senator Botir Djoldasovich Matmuratovni Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazish taklif etildi.

Botir Djoldasovich bilimli, tajribali yurist, katta hayot maktabini o‘tagan rahbar sifatida mamlakatimizda sud-huquq tizimini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘z salohiyatini to‘la namoyon eta oldi. Qolaversa, u Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili hisoblanadi va ushbu hududning past-u balandliklarini, ayniqsa, Orolbo‘yi hududidagi haqiqiy holatni yaxshi biladi.

Majlisda Boriy Botirovich Alixonovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi etib, Botir Djoldasovich Matmuratovni esa Qo‘mita raisi o‘rinbosari etib saylash, shuningdek, Qo‘mita tarkibini saylash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан