Valyuta kursi: O'z.R.Markaziy banki
USD
AQSH dollari
EUR
Evro
RUB
Rossiya rubli
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

So'nggi yangiliklar








Bosh davlat sanitariya vrachi: “O‘zbekistonda Sputnik Light vaksinasidan foydalanishga tayyormiz”
27.10.2021 19:00,  
45

O‘zbekiston aholisi Sputnik Light vaksinasi bilan emlanadi. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i, bosh davlat sanitariya vrachi Bahodir Yusupaliyev "RIA Novosti"ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

—  O‘zbekistonda Sputnik Lightdan foydalanishga tayyormiz. Men hech qanday to‘siq ko‘rmayapman, — deydi B. Yusupaliyev. — Menimcha, biz vaksinalar turini kengaytirishimiz kerak. Pandemiya hali ham davom etmoqda. Vaksinalar va ulardan foydalanish imkoniyati qancha ko‘p bo‘lsa, emlash tizimi shunchalik samarali ishlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaga qurilish sohasida ishlash uchun yuboriladigan 10 ming nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini emlash uchun Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yangi turdagi vaksinaning 12 ming dozasi olib kelingan haqida ma’lum qilgan edik. 

Ma’lumot uchun, Sputnik Light bir komponentli vaksina bo‘lib, to‘liq emlanish uchun vaksinaning bir dozasini olish kifoya qiladi.

Tavsiya etamiz








Tavsiya etamiz

Har doim xabardor bo'ling!

carzone.uz. mobil ilovalarini ko'chirib oling va barcha yangiliklar siz bilan