Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh prokuratura bir guruh onkologiya xodimlarining Prezidentga yo‘llagan murojaatiga rasmiy munosabat bildirdi
22.02.2021 15:31,  
2683

Bosh prokuratura Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filialining bir guruh xodimlari tomonidan Prezidentga yo‘llangan murojaati yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filialining bir guruh xodimlari muassasada yuz berayotgan salbiy holatlarga qonuniy baho berishni so‘rab Prezidentga murojaat yo‘llagan.

Aniqlanishicha, 2021 yil 2 fevral kuni Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazi Toshkent shahar filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан