Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh prokuratura Buxoro shahar prokurori murojaati bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
12.12.2020 00:45,  
3605

Bosh prokuratura tomonidan Buxoro shahridagi tadbirkorning Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekshirilmoqda.

Muallif arizasida shahar prokurori J.Fozilovning tazyiqi bilan Buxoro shahrida qurgan yirik savdo majmuasidan 1 metr kvadratining haqiqiy narxi 20 mln. so‘m bo‘lgan savdo do‘konini unga 5 mln. so‘mdan sotganligini, oradan bir yil o‘tib, ya’ni 2020 yil oktyabr oyida shu narxdan yana bitta do‘konni sotishini talab qilganligini, rad javobini berganligi uchun J.Fozilov uni tergovga chaqirib, javobgar qilish bilan qo‘rqitayotganligini bildirgan.

Ushbu holat bo‘yicha J.Fozilovga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tekshiruvning xolisona va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash, ish holatlariga to‘liq oydinlik kiritish, har qanday aralashuv va ta’sirlarning oldini olish maqsadida u 2020 yil 2 dekabr kuni xizmat vazifalarini bajarishdan vaqtincha ozod qilingan.

Tekshirish davomida arizada keltirilgan barcha vajlar, shu jumladan J.Fozilovning 2020 yil 11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida bildirgan holatlarga to‘liq va haqqoniy baho beriladi.

Shu bilan birga, Bosh prokuratura murojaat va bayonotda bildirilgan barcha masalalar bo‘yicha shaffof va oshkora o‘rganish o‘tkazilishini, bunda jamoatchilik nazoratini ta’minlash uchun doimiy hamkorlikka tayyorligini ma’lum qiladi. 
  
«Tekshirish natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ma’lumot beriladi», - deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning Shavkat Mirziyoyev va prezident administratsiyasi rahbariga murojaati e’lon qilingandi.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан