Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh prokuratura Caravan Group restoranlarining sotuvga qo‘yilishiga izoh berdi
30.05.2019 17:30,  
13

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi MIB xabariga ko‘ra, Caravan Group bino va inshootlari sud qaroriga asosan savdoga chiqarilgan.

“Qarzdor korxona rahbarining Byuro xodimlari harakatlariga e’tiroz bildirishi o‘rinsiz. Majburiy ijro Byurosi mazkur qarzdor korxonaga nisbatan ijro harakatlarini faqatgina sud qarori ijrosini qat’iy ta’minlash doirasida amalga oshirmoqda”, - deyilgan xabarda.

Xatda, xususan, qarzdor “Kreative Studio Caravan” MChJ,  “Protekt Konsalt” MChJ, “Caravan Group” MChJ va “Karavan Art” MChJlardan AT “Asakabank” foydasiga jami 15,5 mlrd. so‘m, ATB “Kapital bank” foydasiga 3,7 mlrd. so‘m va davlat foydasiga 77,2 mln. so‘m undirish to‘g‘risidagi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining (20.11.2018, 16.01.2019, 28.01.2019 va 05.03.2019) qarorlari sanab o‘tilgan.

"Shuningdek, Kredit qarzdorligi bo‘yicha undiruvni jami bahosi 21,6 mlrd. so‘mga teng garovda bo‘lgan: Mirzo Ulug‘bek tumani, Sho‘rtepa ko‘chasi 253-uy, Yakkasaroy tumani A.Qaxxor ko‘chasi 25-uy, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Xo‘jakent mavzesi hamda Xo‘jakent QFY xududida joylashgan bino-inshootlarga qaratish belgilangan”, - deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, tadbirkorga ijro hujjatlarini bajarish uchun 15 kun muhlat berilgan. Ijro hujjatlari talablari ixtiyoriy bajarilmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida bahosi 4 mlrd so‘m bo‘lgan Chelsea ARMS, bahosi 6 mlrd. so‘mlik - Cinara`s, bino inshootlar xatlanib, 14.05.2019 yilda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan.

Ushbu ko‘chmas mulklarning auksion savdolari joriy yilning 13 va 14 iyun kunlari o‘tkazilishi belgilangan. Hozirda sud qarorlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha harakatlar davom ettirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kecha Caravan Group restoranlari asoschisi Timur Musin o‘zining restoran biznesini Qozog‘istonga ko‘chirishga qaror qilganini va O‘zbekistondan biznes yuritishda unga “prezident va tadbirlarlar orasidagi qatlam” tomonidan to‘siqlar qo‘yilayotgani haqida o‘z fikrini bildirgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан