Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh prokuratura departamentining 40 ta shtat birligi qisqartiriladi
30.06.2020 10:39,  
474

Avval xabar qilganimizdek, «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Agentlik) tashkil etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 50 ta shtat birligi miqdorida belgilandi.

Ular 10 ta shtat birligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, 40 ta shtat birligi esa Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirga, direktor o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.

Agentlik direktori o‘rinbosarlari Agentlik direktori taqdimnomasiga ko‘ra Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан