Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh prokuratura: Namanganda chaqaloqlar qasddan o‘ldirildi
10.09.2019 15:37,  
93

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Namangandagi tug‘ruq komplekslaridan birida yuz bergan mudhish jinoyat – chaqaloqlarning qasddan o‘ldirilishi holati yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Xabarga ko‘ra, 9 sentyabr kuni Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksiga qarashli binoning orqa xovlisidan 2 sentyabr kuni tug‘ilgan qiz chaqaloqlar tirik holda topilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Biroq, shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan chaqaloqlar vafot etgan.

Aniqlanishicha, 9 sentyabr kuni chaqaloqlarning birini dunyoga keltirgan ayol qizining oyoqlari notekis (nuqsonli) tug‘ilganligidan achchiqlanib, undan qutilish maqsadida o‘z chaqalog‘i bilan birgalikda, sodir etayotgan qilmishi fosh bo‘lib qolishini oldini-olish maqsadida shu xonada yotgan M.T.ning qiz chaqalog‘ini ham olib, deraza oynasi orqali ularni tug‘ruq kompleksining 2-qavatidan pastga uloqtirib yuborgan.
Oqibatda chaqaloqlar og‘ir tan jarohatlari olishgan.

Mazkur holat yuzasidan 09.09.2019 yilda tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro D.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-kismi “a,v” bandlari hamda tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq kompleksi mas’ul shaxslariga nisbatan 116-moddasi 4-kismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. D.X. protsessual tartibda ushlangan.

Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан