Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh prokuratura Qashqadaryodagi qamoqxonada 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilgani bo‘yicha ma’lumot berdi
23.08.2021 16:00,  
1286

Kecha Qashqadaryodagi qamoqxonada 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilganligi holati yuzasidan Qarshi maxsus prokurori xodimlarga nisbatan ish qo‘zg‘atganligi va tergov harakatlari boshlanganligi haqida xabar qilingandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, Qarshi shahridagi manzil-koloniyasida jazo o‘tayotgan mahkum D.J. muassasada joylashgan oziq-ovqat do‘konidan chiqib, cho‘ntagida bo‘lgan soqol olish uchun mo‘ljallangan olmos bo‘lagi (lezviye) bilan qornini va qo‘llarini 3-4 marotaba tilgan.

Holat yuzasidan tayinlangan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mahkumda yengil tan jarohatlari aniqlangan.

Qarshi maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, Qarshi maxsus prokurori koloniya xodimlariga nisbatan ish qo‘zg‘atganligi va tergov harakatlari boshlanganligi haqidagi ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан