Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh prokuratura Sariosiyoda bojxona xodimini urgan ayol bo‘yicha bayonot berdi
3.12.2019 11:05,  
675

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi “Chumchuqlijar“ chegara bojxona postida ayol F.K. xizmatni o‘tab kelayotgan bojxona inspektori L.X.ga qarshilik ko‘rsatib, uni haqorat qilib, bosh qismi va yuziga qo‘llari bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Xabarda aytilishicha, bojxonachiga zarar yetkazgan ayol 1973 yilda tug‘ilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullangan, lekin ayolning nima uchun xodim bilan tortishgani haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Mazkur holat yuzasidan Sariosiyo tumani prokuraturasi tomonidan F.K.ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан