Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh prokuratura, Senat va Vazirlar Mahkamasi oldida tartibsizliklar uyushtirayotgan ayollarning muammosi nimada?
7.03.2020 17:01,  
1215

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 5 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev tomonidan videokonferensiya aloqa orqali 19 nafar fuqarolarning qabuli o‘tkazilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, ertasi kuni, 6 martda G.Karimbekova, X.Ergasheva, G.Xo‘jaxonova, D.Do‘ltayeva va boshqa bir guruh ayollar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosiga kirib, janjal uyushtirib, Bosh prokuror qabul qilishini so‘ragan.
Bosh prokuror xizmat safarida bo‘lganligi sababli fuqarolarni Bosh prokurorning 1-o‘rinbosari A.Xolmaxmatov qabul qilgani aytilmoqda.

Avvalroq, 4 mart kunida ham ushbu fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining fuqarolarni qabulxonasida janjal uyushtirganligi uchun Bosh prokurorning 1-o‘rinbosari A.Xolmaxmatov tomonidan qabul qilingan.

Lekin, prokuratura bayonotida ushbu fuqarolar kimligi, ularning nima maqsadda mutasaddi tashkilotlar huzuriga serqatnov bo‘lib qolgani hamda qanday muammolari borligi haqida hech nima deyilmagan.

Prokuratura matbuot xizmati ushbu fuqarolar bir necha marotaba Bosh prokuror va Bosh prokuror o‘rinbosarlari qabulida bo‘lgani va murojaatlari ko‘rib chiqilib, yozma javob xatlari berilganini ta’kidlagan.

Shuningdek, ushbu fuqarolar doimiy ravishda Bosh prokuratura, Oliy Majlis Senati, Vazirlar Mahkamasi va boshqa idoralarda tartibsizliklar uyushtirib, noqonuniy talablari bilan e’tiborni o‘zlariga jalb qilib kelishmoqda, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан