Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh prokuratura tizimida ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi
28.08.2020 11:24,  
395

Avval xabar qilganimizdek, «Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Bo‘stonliq tumanida alohida ma’muriy-boshqaruv tizimi joriy qilinmoqda.

Shuningdek, farmon bilan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish jamg‘armasi (Jamg‘arma) tashkil etildi.

Jamg‘armaga 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan mablag‘lar ajratiladi.

2020 yil 1 sentyabrdan boshlab:

  • tumanda litsenziya va ruxsatnoma berishdan, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarimadan respublika va viloyat mahalliy byudjetiga tushadigan mablag‘lar va bojlar to‘liqligicha tuman mahalliy byudjetiga;
  • tuman hududida joylashgan davlat mulki ob’yektlarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lar (baholash va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish xarajatlaridan tashqari), shuningdek, yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushadigan mablag‘lar to‘liq Jamg‘armaga yo‘naltiriladi.

Shuningdek, tumanda amalga oshiriladigan islohotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tarkibida Tog‘li va olis hududlarda turistik infratuzilmani rivojlantirish sho‘basi tashkil qilinadi.

Bosh prokuratura tizimida Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat hamda yerlardan noqonuniy foydalanishni bartaraf etish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi.

Tuman hududida atrof-muhitni ifloslantiradigan zararli sanoat korxonalarini barpo etish qat’iyan man etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан