Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh prokuratura Xorazmda qamoqqa olingan Milliy gvardiya xodimi bo‘yicha rasmiy bayonot berdi
6.08.2020 16:37,  
2477

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida yashovchi S.Raximova va boshqalarning Milliy gvardiya sobiq xodimi A.Ro‘zimovga nisbatan Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan asossiz ravishda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olinganligi haqidagi videosi yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan 16.03.2020 yilda Yangibozor tuman IIB huzuridagi tergov guruhining sobiq katta tergovchisi T.B.ga nisbatan jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorga bila turib soxta ma’lumotlar kiritgan holda, noqonuniy ravishda jinoyat ishini tugatganligi holati yuzasidan JKning 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi hujjatlariga ko‘ra, T.B. yaqin do‘sti, ya’ni Milliy gvardiyaning Xorazm viloyati boshqarmasi surishtiruv bo‘limi boshlig‘i A.R. hamda jinoyat ishi tugatilishidan manfaatdor bo‘lgan Urganch shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi davlat mehnat huquq inspektori X.A.lar bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, jinoyat ishi hujjatlarini soxtalashtirib, jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida soxta ma’lumotlar kiritilgan noqonuniy qarorni rasmiylashtirganlar.

X.A. mazkur jinoyat ishini tugatish to‘g‘risidagi qarorga asosan yangi ochilgan holat sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga murojaat qilib, 20.12.2019 yilda sudlov hay’atining ushbu qarorga asoslangan ajrimi bilan 18.10.2017 yildagi jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi apellyasiya sudlov hay’atining o‘ziga nisbatan chiqarilgan ajrimi bekor bo‘lishiga sababchi bo‘lib, oqlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida, 04.06.2020 yilda Milliy gvardiyaning Xorazm viloyati boshqarmasi surishtiruv bo‘limi boshlig‘i A.R.ning xizmat xonasida o‘tkazilgan tintuvda A.R. tomonidan jinoyat sodir qilinganligini tasdiqlovchi ashyoviy dalillar va jinoyat ishiga aloqador hujjatlar topilgan.

3.07.2020 yilda A.R. JKning 209 va 28, 230-1-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudining 04.07.2020 yildagi ajrimiga asosan unga «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 9.07.2020 yilda gumonlanuvchi A.R.ga nisbatan JKning 209, 227 va 28, 230-1-moddalari bilan ayb e’lon qilingan.

Jinoyat ishida A.R.ning aybi sud texnik-kriminalistik, sud-xatshunoslik va sud-filologiya (muallifshunoslik) ekspertizasi xulosalari hamda tergov davomida to‘plangan boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

Shu bilan birga, tergov davomida Yangibozor tuman IIB huzuridagi tergov guruhining sobiq katta tergovchisi T.B. hamda Urganch shahar Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi davlat mehnat huquq inspektori X.A.larga Jinoyat kodeksining tegishli 209, 227, 230-1-moddalari bilan ayb e’lon qilinib, sudning ajrimlari bilan tegishli ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Hozirda, Xorazm viloyat prokuraturasi tomonidan A.R. va boshqalarga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан