Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh prokurorni korrupsiyada ayblagan Buxoro shahar prokurori lavozimidan ozod qilindi
6.02.2021 23:14,  
4089

Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan olib borilgan o‘rganishdan keyin o‘z lavozimiga qaytgan Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning muddatidan oldin nafaqaga chiqarilgani aytilmoqda.

Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod qilingan.

Jasur Fozilovga nisbatan xizmat tekshiruvi yakunlangani munosabati bilan Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan shahar prokurori 2020 yil 19 dekabrdan xizmat vazifasini bajarishga kirishgandi.

2020 yilning 11 dekabrida Jasur Fozilov Shavkat Mirziyoyev va Prezident Administratsiyasi rahbariga videomurojaat yo‘llab, xizmat tekshiruvi aslida bosh prokurorga aloqador bo‘lgan «Mustahkam Qurilish Development» qurilish kompaniyasi vakilini so‘roq qilishga chaqirishi ortidan boshlanganini aytgan edi.

Shundan so‘ng Bosh prokuratura munosabat bildirib, holat va prokurorning vajlari o‘rganib chiqilishi hamda xabar berilishini qayd etgandi. Mazkur holatni o‘rganish maqsadida Respublika idoralararo komissiyasi tuzilib, xizmat tekshiruvi Prezident Administratsiyasi boshchiligida o‘tkazilishi ma’lum qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq unga nisbatan hayfsan e’lon qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан