Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov: «2020 yilda aholining birorta qatlami qashshoqlikka tushmadi»
30.12.2020 21:25,  
180

Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov «O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida 2020 yilda mamlakatda kambag‘allikni kamaytirish borasida bajarilgan ishlar haqida gapirdi, deb xabar beradi «Kun.uz». Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri bu jarayonda «Temir daftar» muhim o‘rin tutganini qayd etgan.

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha 2020 yilda ko‘p ishlar qilindi. Bizning eng katta natijamiz deb shuni aytish mumkinki, pandemiya davrida olib borilgan ham iqtisodiy, ham ijtimoiy siyosat mamlakatda kambag‘allikning ko‘payishiga olib kelmadi. Qashshoqlikni keltirib chiqarmadi. Aholining birorta qatlami qashshoqlikka tushmadi. Nima hisobiga bu ko‘rsatkichlarga erishildi?

Birinchi navbatda, 2020 yilning yanvar oyida byudjet mablag‘laridan ijtimoiy nafaqa olgan oilalar soni 600 mingta edi. Dekabr oyida esa 1,2 million oilaga ijtimoiy nafaqalar berildi. Misol uchun, «Temir daftar» deymiz. Hayit bayramida, bolalar maktabga borishi arafasida va boshqa vaqtlarda mazkur tizim orqali aholiga manzilli yordam ko‘rsatildi.

Uning bir ma’nosi shundaki, u juda ham keng qamrovli. Bunda faqatgina pul yoki oziq-ovqat bilan yordam berishgina nazarda tutilmagan. «Temir daftar» birinchi navbatda kam ta’minlangan aholini ishga joylashtirishni nazarda tutadi.

Bir so‘z bilan aytganda, «Temir daftar» pandemiya davrida xalqimizning qiynalib qolmasligi uchun eng katta xizmat ko‘rsatgan dastak va yo‘nalish bo‘ldi, deb aytish mumkin.

Jamshid Qo‘chqorov, bosh vazir o‘rinbosari

Eslatib o‘tamiz, 29 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidentining parlamentga murojaatnomasida ham «Temir daftar» masalasiga alohida urg‘u berilgandi. Unda «Temir daftar»ga kiritilgan har bir fuqaroni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha «motivatsiya, ko‘nikma va moliyaviy ko‘mak» tamoyili asosida yangi mexanizm joriy etilishi ta’kidlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан