Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh vazir o‘rinbosari Koreya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi​
7.07.2020 12:03,  
206

2020 yil 6 iyul kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Seul shahriga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Koreya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva bilan uchrashdi. Bu haqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabar berdi.

Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama sheriklikning keng ko‘lamli masalalari, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Ko‘p jihatdan Koreya Respublikasi Prezidentining 2019 yil aprel oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashrifi tufayli erishilgan mamlakatlararo muloqotning yuqori darajasi ta’kidlab o‘tildi. Tashrif davomida qator bitim va shartnomalar imzolandi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan dunyoda koronavirus tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha eng katta muvaffaqiyatga erishgan davlatlardan biri sifatida e’tirof etilgan Koreyaning bu boradagi ilg‘or amaliyotini O‘zbekistonda joriy etish istiqbollari muhokama qilindi. Jumladan, pandemiyaga qarshi kurashda xalqaro sa’y-harakatlarni birlashtirish va muvofiqlashtirishga kelishildi.

Bundan tashqari, hukumat va vazirlar darajasida ikki tomonlama tadbirlarni tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Ular orasida O‘zbekiston va Koreya Bosh vazirlari o‘rinbosarlarining 3-yig‘ilishi, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Koreya hukumatlararo qo‘mitasining navbatdagi 10-yig‘ilishi, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokidagi biznes – forumi ham bor.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra mamlakatlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi va umumiy vazifalarni bajarish uchun birgalikdagi faoliyatni davom ettirish bo‘yicha har ikki tomon tayyorligi ta’kidlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан