Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh vazir o‘rinbosari parlamentda Inqirozga qarshi choralar bo‘yicha axborot berdi
20.03.2020 12:52,  
278

Bugun, 20 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida parlament quyi palatasi deputatlari va Senati a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov prezident tomonidan “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon qabul qilingani va Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, unda 10 trillion so‘m shakllantirilishini ma’lum qildi.

Ushbu Farmon bilan Moliya vazirligi huzurida tashkil qilingan 10 trillion so‘m miqdoridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha bir qator tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Xususan, davolash va boshqa muassasalarni zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar, himoya vositalari va test tizimlari bilan ta’minlashga sarflanadi. Xavf-xatar ostida bo‘lgan yoki virus yuqtirganlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarni karantinda saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish, respublika sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan himoya choralarini amalga oshirish xarajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi. Bundan tashqari, jamg‘arma mablag‘laridan tadbirkorlik va bandlikni, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash kabi maqsadlarga ham mablag‘lar ajratiladi.

Shuningdek, farmon bilan 2020 yil 1 apreldan 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda mamlakatimizda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning oylik eng kam summasi bazaviy hisoblash miqdorining 50 foiziga qadar kamaytirilishi belgilanmoqda.

2020 yil 1 apreldan 1 iyulgacha bo‘lgan davrda turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash to‘xtatiladi. Qishloq xo‘jaligidagi yerlarni sug‘orish uchun foydalaniladigan hajmlar bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 2020 yilda o‘rnatilgan stavkalardan 50 foizga pasaytiriladi. 2019 yil uchun jismoniy shaxslarning jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani taqdim etish muddati 2020 yil 1 avgustga qadar, ularning mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lash muddati 2020 yil 15 oktyabrga qadar uzaytiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq mahalliy davlat hokimiyati organlariga tegishli soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirish, shuningdek, ularning stavkalarini kamaytirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish vakolati berildi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash bo‘yicha foizlarni undirmasdan 6 oyga kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) taqdim etishiga ruxsat berildi.

2020 yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan davrda tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi. Soliq organlari vaqtincha qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha penyalar hisoblanishini to‘xtatib turadi, shuningdek, soliq qarzini majburiy undirish choralarini ko‘rmaydi. 2021 yil 1 yanvarga qadar tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini soliq auditidan o‘tkazish to‘xtatildi (jinoyat ishlari doirasida va yuridik shaxsni tugatish munosabati bilan soliq auditidan o‘tkazish bundan mustasno).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан