Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh vazir o‘rinbosari va qishloq xo‘jaligi vazirining rasmi fotojurnalistning Telegram kanalidan o‘chirtirildi. Senzura(mi)?
24.01.2021 19:48,  
1192

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida «Daryo» nashri fotojurnalisti Madina Nurman tomonidan rasmga olingan Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev va qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevning aks etgan rasm e’lon qilingan birinchi manbasidan o‘chirtirib tashlandi.

«Daryo» nashri fotojurnalisti Madina Nurman 22 yanvar kuni Prezidentning Buxoroga tashrifi chog‘ida Bosh vazir o‘rinbosari Shuhrat G‘aniyev va qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevni rasmga olgan va bu rasmlarni bugun o‘zining Telegram kanaliga joylagan. Biroq oradan hech qancha vaqt o‘tmay, bu rasmlar fotojurnalistning Telegram kanalidan o‘chirtirilgan.

Fotojurnalistning Telegram kanalidan o‘chirtirilgan rasmlar
Fotojurnalistning Telegram kanalidan o‘chirtirilgan rasmlar

«Rasmlar o‘chdi, afsuski. Shuhrat G‘aniyevning yonidagi vazir boshqa olinmaydi rasmga kanal muallifi tomonidan. Internetdan olamiz xabarlarimizga kerak bo‘lib qolsalar. Ming bor uzr», deb post qoldirgan Madina Nurman Telegram kanalida.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatidagi tashrifi davomida rasmdagi ikkala mansabdor ham qishloq xo‘jaligi ancha orqadaligi va ahvol yomonligi sabab qattiq ogohlantirgan.

Rasmlarning fotojurnalistning Telegram kanalidan o‘chirtirilishiga bloger va jurnalistlar munosabat bildirishdi.

«Nima uchundir ushbu suratlar Madina Nurman kanalidan o‘chirtirilibdi, o‘shanchun atayin o‘zimga joylab qo‘ydim, ikkinchi marta ko‘ngli o‘ta nozik amaldorlarimiz nimanidir o‘chirtirishdan oldin sal aqlini ishlatib, o‘ylab ko‘rishsin» deb, ushbu o‘chirtirilgan rasmlarni o‘zining Telegram kanalida qayta joylab, munosabat bildirgan bloger Xushnud Xudoyberdiyev.

«Shuhrat G‘aniyevning orqasidan sizga qarab turgan bu odam — O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev. U Buxoroda prezident Shavkat Mirziyoyevdan gap eshitgan, oldidagi odam bilan birga. Bu surat hozirda e’lon qilingan birinchi manbasidan o‘chirib tashlangan.

“Ko‘ngli o‘ta nozik amaldorlarimiz nimanidir o‘chirtirishdan oldin sal aqlini ishlatib, o‘ylab ko‘rishsin”, — deb yozyapti Xushnud (internetdagi surating haqida emas, prezidentdan nega gap eshitganing haqida o‘yla, degin). “Shuhrat G‘aniyevning yonidagi vazir boshqa olinmaydi rasmga”, — deyapti surat muallifi Madina Nurman (aldayapti, shunaqangi olinadiki endi suratga)» deya munosabat bildirgan «Daryo» bosh muharriri Muhrim A’zamxo‘jayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан