Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosh vazirga yana bir o‘rinbosar va ikki nafar maslahatchi lavozimi tasdiqlandi
14.05.2020 11:34,  
784

“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori (PQ–4710-son, 12.05.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.

Quyidagi lavozimlar kiritildi:

  • Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;

Soliq qo‘mitasi raisi B. Musayev Bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga ma’qullandi

  • Bosh vazir maslahatchisi – IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i;
  • Bosh vazir maslahatchisi – Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i.

Qaror bilan Bosh vazirga bir qator yangi vazifalar yuklandi.

Bosh vazir, jumladan, IT-texnologiyalar, “elektron hukumat”ni joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, telekommunikatsiyalar, ilm-fan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirishni ta’minlash faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан