Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kun hisoboti: Bosh vazirning imzosini qalbakilashtirgan guruh, uchga bo‘lingan «O‘HY» va Sof.uz tomonidan aniqlangan eng yaxshilar​
11.11.2019 23:38,  
715

Yakunlanib borayotgan 11 noyabr kuni O‘zbekistonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Sof.uz dayjestida.​

1 million dollar evaziga Bosh vazir Abdulla Aripov va Jahongir Ortiqxo‘jayev imzosini qalbakilashtirganlarga sud hukmi o‘qildi

Bosh vazir Abdulla Aripov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev imzosini qalbakilashtirib yarim million dollarni qo‘lga kiritgan firibgarlar Hokimiyat bo‘lim boshlig‘i bo‘lib chiqdi.

Batafsil: https://sof.uz/lk3

“O‘zbekiston havo yo‘llari” uchga bo‘lindi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5584 sonli Farmoni ijrosini to‘la yakunladi.

Batafsil: https://sof.uz/hxvj

Sof.uz ​O‘zbekistondagi eng yaxshi internet-nashr, bloger va Telegram-kanalini aniqladi

Sof.uz nashri internet jurnalistikasi va ijtimoiy media sohasida yilning eng yaxshilarini aniqlash uchun so‘rovnoma tashkil etgan edi. So‘rovnoma ikki bosqichda o‘tkazildi.

Sof.uz Telegram va Facebook kanalida nominatsiyalar uchun nomzodlar muxlislar yozgan izohlar asosida hamda saralandi. Izohlarda eng ko‘p zikr etilgan nomzodlardan 10 nafar bloger aniqlanib, onlayn so‘rovnoma tashkil etildi.

Kun.uz nashri Telegram`da o‘tkazilgan so‘rovnomaga asosan, O‘zbekistonning 2019 yildagi eng yaxshi elektron ommaviy axborot vositasi deb topildi.

Sof.uz sayti, shuningdek, 2019 yilning eng yaxshi blogeri va eng yaxshi Telegram-kanalini aniqlash bo‘yicha ham so‘rovnoma o‘tkazdi.

Unga asosan, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev yaqqol ustunlik bilan O‘zbekistonning eng yaxshi blogeri deb e’tirof etildi.

Islom.uz saytidagi «Zikr ahlidan so‘rang» loyihasining Telegram`dagi kanali Sof.uz`ning mazkur yo‘nalishdagi so‘rovnomasida g‘olib chiqdi.

Dollar yana oshdi, yevro va rubl esa tushdi

O‘zbekiston Markaziy banki 12 noyabrdan valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Batafsil: https://sof.uz/ejo

Ertaga O‘zbekistonda harorat yana pasayishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazi 12 noyabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti haqida ma’lumot berdi.

Batafsil: https://sof.uz/5ld

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан