Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Boshiga xalta kiygizib, vertolyotda olib ketishdi» — so‘xlik blogerning otasi
29.08.2020 21:52,  
1255

Farg‘ona viloyati So‘x tumanidan bo‘lgan videobloger Dadaxon Haydarov 10 sutkaga qamoqqa olingan. Blogerning otasi Sherali Eraliyev 22 avgustdan buyon uning qayerda ekanligini bilmasligini aytdi. Bu haqda «Gazeta.uz» ma’lumot to‘pladi.

Xabar berilishicha, 22 yoshli fuqaro huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan may oxirida So‘x tumanida yuz bergan tartibsizliklar sabab olib ketilgan. Bosh prokuratura avvalroq olti nafar shaxsning hibsga olingani haqida xabar bergan edi. «Gazeta.uz»ning huquq-tartibot organlaridagi axborot manbasi esa 80−90 odamning olib ketilganini ma’lum qildi.

Blogerning chiqishi

31 mayda Farg‘ona viloyati So‘x tumani va Qirg‘izistonning Botken viloyati Qadamjoy tumani aholisi birgalikda Chashma suv manbasini tozalayotgan vaqtda ommaviy tartibsizliklar kelib chiqqan edi. O‘zbeklar tomonidan kamida 187 kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan, ular orasida 15 nafari og‘ir ahvolda edi.

1 iyun kuni bosh vazir Abdulla Aripov So‘xdagi tartibsizliklarni bartaraf etish uchun tumanga tashrif byurgan edi. Qirg‘iz delegatsiyasi va mahalliy aholi bilan bo‘lgan urashuvda u eksklav koridorini, «So‘x — Rishton» yo‘lini ochishni, Chashma manbasining kelajagi kabi savollarni muhokama qildi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda mahalliy YouTube-bloger Dadaxon Haydarovning (Dengiz TV) bosh vazir bilan uchrashuvdagi chiqishining videolavhasi tarqaldi.

«So‘x tumanida faqat men blogerlik faoliyatini olib boraman. YouTube da mening o‘z auditoriyam bor. Men internetda So‘xdagi muammolarni ko‘targanimda, hokimiyatdagilar darrov „Chiqarma. Boshingga balo orttirasan“ deyishadi. So‘x tumanidan bo‘lishimga qaramay, men birinchi raqamli blogerman, menda 800 mingta kuzatuvchi bor (nashr vaqtida 820 mingta — tahr.). Shuning uchun sizlardan bitta iltimos: So‘xdagi muammolarni to‘g‘ri Toshkentga yetkazish uchun biror tashkilot, axborot vositasi tashkil qilinglar. Bizga Farg‘ona viloyati hokimiyati kerak emas. Iltimos, So‘x hokimiyatini to‘liqligicha o‘zgartiringlar», — deb ta’kidladi u.

«Iltimos, kerak bo‘lsa, Farg‘ona viloyati hokimini o‘zgartiringlar… Bu faqat mening taklifim. Umid qilamanki, siz meni to‘g‘ri tushunasiz», — degan edi Dadaxon Haydarov.

Hokimdan norozi ekanliklarini boshqa fuqarolar ham bildirishdi. Viloyat hokimi rahbarligidagi delegatsiyaga toshlar otishdi. Shuhrat G‘aniyevning o‘zi «bunday yoshlikka qo‘l urgan yoshlarga tegishmaydi» deya ta’kidlagan edi.

Dadaxon Haydarov hukumat rahbariga mobil aloqalaridan foydalanishdagi muammolarni ham aytdi. Uning ma’lum qilishicha, So‘x tumanida yashovchilar qirg‘iz operatorlari xizmatidan foydalanishga majbur bo‘lishmoqda.

«Boshiga xalta kiygizishdi va vertolyotda olib ketishdi»

1 iyun kuni Farg‘ona viloyat prokuraturasi Jinoyat kodeksining 219- moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 214 moddasi (ommaviy tartibsizliklar) bo‘yicha jinoiy ish ochgan. Biroq ayblanuvchilarning hibsga olingani haqida faqat avgustga kelib ma’lum bo‘ldi. Jinoiy ish ochilgan olti nafar shaxs orasida 10 avgust kuni hibsga olingan 23 yoshli Davlatjon Mallayev ham bor. Sud qarorida aytilishicha, u hukumat vakillariga tosh otgan.

Chorshanba kuni «Ozodlik» kamida 12 kishining qo‘lga olingani va ularning orasida bloger Dadaxon Haydarovning ham borligi haqida xabar berdi. Dadaxon Haydarovning otasi, Sherali Eraliyev, «Gazeta.uz»ga 22 avgust kuni 9:00 lar atrofida huquq-tartibot organlari xodimlarining uni olib ketishganini ma’lum qildi.

«U payt o‘g‘lim uxlayotgan edi. Uyimizga uch nafar ichki ishlar xodimi, mahalla vakili, „uchastkavoy“ va yana bir fuqaro kiyimidagi kishi keldi. Hammamiz tashqariga chiqdik, men tashriflarining sababini so‘radim. Ular o‘g‘limning bloger ekanligini va ular uning faoliyatini tekshirish uchun uni olib ketishlari kerakligini aytishdi. Tekshiruv ishlaridan keyin uni qo‘yib yuborishga va’da berishdi. Biz ishondik va havotirga tushmadik. Keyin uni yengil mashinada olib ketishdi, menimcha Nexia edi», — dedi u.

Keyinroq mahalla qo‘mitasi xodimi blogerning onasiga qo‘ng‘iroq qilgan va o‘g‘lining ishiga e’tiborli bo‘lishlari kerakligini aytgan.

«1−2 soatdan keyin men militsiya bo‘limi ro‘parasidagi madaniyat uyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishga borish uchun markazga ketdim. Shu payt men fuqaro kiyimida yurgan, o‘g‘limni olib ketgan xodimni ko‘rdim. O‘g‘lim qayerda ekanligini so‘radim. U hozir madaniyat uyida yig‘ilish bo‘lib o‘tayotganiligini, o‘g‘lim shundan keyin chiqishini aytdi. Buni eshitib biroz tinchlandim. 11:00da yig‘ilish tugadi, lekin hech kim chiqmadi. Militsiya bo‘limida u yerda hech kim yo‘qligini aytishdi. Tanishlarim ham uni militsiyada emasligini aytishdi», — deydi Sherali Eraliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kechga yaqin, 17:00—18:00 atrofida, u ayoli bilan yana So‘x tumani ichki ishlar bo‘limiga borgan. IBB boshlig‘i Qosimjon Rahimberdiyev ularning o‘g‘lini va boshqa hibsga olinganlarni Farg‘onaga olib ketishganini aytgan.

«Biz nima bo‘lganini tushunmadik. Ertalabgacha kutdik. Ertalab Dadaxonning o‘zi telefon qildi. U Farg‘onada, holasinikida edi. U uni militsiyaga olib kelishganini, keyin boshiga xalta kiygizib, vertolyotda olib ketishganini aytdi. 5−10 minutdan so‘ng u ko‘zini ochsa, u Farg‘onada ekan. U yerda uni kechgacha so‘roq qilishgan va ertaga tekshiruv uchun yana 10:00 kelishini aytib, qo‘yib yuborishgan. U u yerga ertalab borgan va menimcha, uni hibsga olishgan. Biz uni shundan beri ko‘rganimiz yo‘q, hech qanday xabar yo‘q», — dedi blogerning otasi.

Sherali Eraliyev ayoli bilan Farg‘onaga borishgan, davlat advokati Shoira Abdurazzoqova bilan ko‘rishishgan va advokatlik xizmatlarini ko‘rsatish uchun u bilan shartnoma tuzishgan (2 mln so‘mga).

«U bu ishning ba’zi detallarini so‘zlab berdi va qaysi moddalarga ko‘ra ayblanayotganini aytdi — Jinoyat kodeksining 219 (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 244 moddalari (ommaviy tartibsizliklar). 22 soat o‘tib 10 sutkaga hibsga olingani haqda aytdi. Shundan beri u haqda va uning qayerda saqlanayotganligi haqda xabar berishmayapti», — dedi u.

Dadaxon Haydarovning ota-onasi advokatning ma’lumotlariga tayanib, viloyatning Oltiariq va Kuva tumanlariga borishgan, lekin IIB xodimlari blogerning u yerda saqlanmayotganini aytishgan.

«Keyin bizga uning Farg‘ona viloyati IIBlaridan biridagi izolyatorda saqlanayotganligini va aniq qayerda ekanligini bilmasliklarini aytishdi», — dedi u.

Sherali Eraliyev uning o‘g‘lini bosh vazir oldida chiqish qilganligi uchun hibsga olishgan deya tahmin qilmoqda.

«Qo‘shnilar o‘sha kuni undan bloger sifatida chiqishini va barcha muammolar haqida so‘zlab berishini iltimos qilishgan edi. Bola yoshlik qilib chiqib gapirdi», — so‘zlab berdi yosh yigitning otasi.

Sherali Eraliyev — rasman ishsiz, lekin qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib boradi, uning ayoli — shifokor. Uning so‘zlariga ko‘ra, Dadaxon Xaydarov ham rasman ishsiz, lekin oliy o‘quv yurtiga o‘qishga hujjat topshirishni rejalashtirayotgan edi.

Boshqa hibsga olinganlar

«Gazeta.uz» manbasiga ko‘ra, So‘x tumani huquq-tartibot organlariga 80−90 nafar shaxs olib borilgan.

So‘x tumanida yashovchi fuqaroning anonimligini asqlab qolish sharti bilan so‘zlab berishicha, «Sarikanda» mahallasida yashovchi Maxsum Ahmedov (1973 y.t.) ning ham boshiga xalta kiygizib, IIBga olib ketishgan.

Bundan tashqari, Qala ko‘chasida yashovchi Dilmurod Maxbubov (1992), shuningdek, «Chumokcha» mahallasida istiqomat qiluvchi Oybek Otashov (2000) lar ham hibsga olingan.

Nashr vaqtigacha Bosh prokuraturadan rasmiy izoh olishga muvaffaq bo‘linmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан