Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Boshimizni egib paxta ekdik, lekin daromad qilmadik» – Shavkat Mirziyoyev
22.09.2021 18:21,  
131

“Shuncha yil boshimizni egib paxta ekdik, lekin ko‘ngildagidek daromad qilmadik. Biror marta respublika bo‘yicha olingan daromadimiz 1 mlrd dollarga yetmadi. O‘rtacha 800-850 mln dollar bo‘lardi. Hozir bitta Andijon viloyatining o‘zi tekstil mahsulotlaridan 700 mln dollarlik eksport qilyapti. Avval biz paxtaning o‘zini sotgan bo‘lsak, endi hatto chetdan sotib olishga, qayta ishlashga tayyormiz. Xorijiy davlatlar esa kelib bizdan paxta so‘rab turishibdi.

Bugun Xorazm oqsoqollari bilan gaplashdim, 4 oydan ortiq paxta terilishini aytishdi. Hozir hech kim qancha paxta olingani bilan qiziqmaydi. Chunki yetishtiruvchida manfaat bor. 

Bu borada, biz avvalo viloyat aholisi va tadbirkorlarini qanday dolzarb muammolar tashvishga solayotganini, ularni hal etish uchun mavjud rezerv va imkoniyatlarni chuqur o‘rgandik.

Bugungi kunda Xorazmdagi eng katta muammolardan biri – 80 mingdan ziyod aholi bandligini ta’minlashimiz kerak. Shuningdek, mehnat bozoriga har yili 30 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. Ayniqsa, bu masala Qo‘shko‘pir, Yangiariq, Yangibozor tumanlarida o‘ta dolzarb”, – dedi davlat rahbari yig‘ilganlarga qarata.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан