Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Boshqalarning pasport ma’lumotlari bilan IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazayotganlarga nisbatan tergov olib borilmoqda
3.09.2020 11:05,  
531

Mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rasmiy bayonot berdi.

Vazirlik axborot xizmati ma’lum qilishicha, jismoniy shaxslar tomonidan mobil qurilmalarning IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun shaxsning pasport ma’lumotlari, telefon raqami va mobil qurilmaning IMEI-kodini taqdim etish talab qilinadi.

Jismoniy shaxslar mobil qurilmalarning IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun pasport ma’lumotlari, telefon raqami va mobil qurilmaning IMEI-kodini taqdim etishi talab qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim qilinayotgan mobil qurilmalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq o‘rnatilgan bojsiz olib kirish normalariga rioya etilganini tekshirish maqsadida shaxsning pasport ma’lumotlariga asosan fuqaroning O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar tekshiriladi.

Biroq, ro‘yxatdan o‘tkazish masofaviy yoki onlayn tarzda amalga oshirilayotganida foydalanuvchi bilan shaxs o‘rtasida kontakt bo‘lmasligi sababli fuqarolarning pasport ma’lumotlarini aynan shu shaxsning o‘zi yoki boshqa shaxs tomonidan taqdim qilinayotganligini tizim orqali aniqlash imkoni bo‘lmaydi. Shu sababli hozirda uchinchi shaxslarning pasport ma’lumotlaridan foydalangan holda mobil qurilmalar IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish hollari kuzatilmoqda.

Uchinchi shaxslarning pasport ma’lumotlarini kiritgan holda noqonuniy ravishda olib kirilgan mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazilish holatlarini oldini olish va ushbu noqonuniy harakatlarni amalga oshirgan shaxslarni aniqlash maqsadida, Tizim operatori tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilingan. Bugungi kunda tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tergov surishtiruv ishlari natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан