Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bosqinchi sovet davlati bayrog‘ini poytaxtning qoq markazida baland ko‘tarilishini o‘zbek xalqiga nisbatan haqorat deb hisoblaymiz — Alisher Qodirov
3.05.2021 08:32,  
2198

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi kuni kecha Toshkent Istiqlol saroyi oldida tashkil etilgan beg‘araz konsert dasturida yo‘l qo‘yilgan g‘arazli provokatsiyani keskin qoralaydi, deb yozmoqda deputat Alisher Qodirov.

«Biz san’atga qarshi emasmiz, san’atni siyosatga qurol qilinishiga qarshimiz.

Taraqqiyparvar o‘zbek ziyolilari va oqko‘ngil ajdodlarimizning qoniga bo‘yalgan bosqinchi sovet davlati bayrog‘ini mamlakatimiz poytaxtining qoq markazida baland ko‘tarilishini o‘zbek xalqiga nisbatan haqorat deb hisoblaymiz.

O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi kuni kecha Toshkent Istiqlol saroyi oldida tashkil etilgan beg‘araz konsert dasturida yo‘l qo‘yilgan g‘arazli provokatsiyani keskin qoralaydi.

Bosh Prokuraturadan bu provokatsiyaga tegishli baho berilishini kutib qolamiz», deydi deputat.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан