Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bo‘stonliqda ham sel keldi (foto)
14.05.2020 12:14,  
337

13 may kuni soat 17:15dan 21:30 ga qadar Bo‘stonliq tumani tog‘ oldi hududlarida kuchli yomg‘ir va sel kelishi kuzatildi

Natijada tumandagi «Qoramozor» MFY hududidagi ichki yo‘lida sel kelishi, «Parkent kanali» PK-54 qismiga suv to‘planib toshishi, «Dumaloq», «Tovoqsoy», «Xondayliq», «Iskandar», «Qo‘shqo‘rg‘on» MFY ichki ko‘chalari va bir nechta aholi xonadonlariga yog‘ingarchilik suvlari to‘planishi kuzatildi. 

Sel kelishi o‘z vaqtida bartaraf etildi. Aholi xavfsizligini ta’minlash va himoya tadbirlari maqsadida jami 189 nafar ishchi xodim, 26 ta muhandislik texnikalari jalb etildi. Viloyat FVB tomonidan 14 ta maxsus texnika va 44 ta qutqaruvchi jalb etildi. 

Sel kelishi oqibatida aholi orasida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан