Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bo‘stonliq tumanida 7 ta uy yonib ketdi (foto)
21.09.2020 17:22,  
445

Joriy yilning 20 sentyabr kuni taxminan soat 14:00 larda Bo‘stonliq tumani, «Chinor» MFY, Shirmonbuloq ko‘chasida joylashgan 7 ta uyda yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in fuqaro S.Saidboboyevga tegishli 38-uyda elektr uzatgichda yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida uyning tom qismida yuz bergan, keyin yonma-yon joylashgan 30, 32, 34, 36, 40-uylarga o‘tgan.

Yong‘inni bartaraf etish uchun FVV tuman bo‘limining 65 nafar xodimi, 9 ta o‘t o‘chirish maxsus avtomashinasi, 3 ta suv tashish texnikasi hamda tuman yo‘l qurilish bo‘limining 3 ta suv tashish texnikasi jalb qilindi.

Shuningdek, yong‘inni o‘chirish uchun tuman IIBning 6, Milliy gvardiya tuman bo‘limining 10, mahallaning 50 nafar ko‘ngilli yoshlari jalb qilinib, ko‘rilgan tezkor choralari natijasida soat 18:00 larda yong‘in to‘liq o‘chirildi.

Hozir yong‘inning kelib chiqish sabablari FVV viloyat boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda. Shuningdek, hodisa oqibatida jaroxat olganlar va vafot etganlar haqida am ma’lumot berilmagan.

Shu bilan birga, tuman hokimi boshchiligida hodisa joyida shtab tashkil etilib, tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shuningdek, talofat ko‘rgan har bir xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazildi va ularning xohishiga ko‘ra, vaqtinchalik yashash joy bilan ta’minlash choralari ko‘rildi.

Fuqarolarning uy-joylarini qayta tiklash va yong‘in oqibatlarini bartaraf etish uchun tumandagi barcha kommunal va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar hamda ularning texnika vositalari jalb qilindi.

Ayni paytda tegishli amaliy tadbirlar (fuqarolarga psixologik yordam ko‘rsatish, hududni chiqindilardan tozalash va boshqa) olib borilib, chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

Shuningdek, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Bahodirbek Mullaxonov hodisa joyida bo‘lib, jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha birlamchi chora-tadbirlarni ko‘rishga boshchilik qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан