Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






⚡Bo‘stonliqda yer maydonini 3 mln dollarga sotishga uringan shaxslar 180 ming AQSh dollarni olgan vaqtda ushlandi
16.04.2022 19:04,  
100

15 aprel kuni Bosh prokuratura, IIV Yer resurslarini talon toroj qilinishini oldini olish bo‘limi, Toshkent tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi va Departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Bo‘stonliq tumani hokimining tegishli qarori bilan “M.B.B.» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga 30 mln. AQSh dollari miqdorida investitsion loyihani amalga oshirish sharti bilan maktabgacha ta’lim muassasasi va savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish majmualari qurilishi uchun 40 gektar yer maydoni ajratilgan.

Biroq, MChJ mansabdor shaxslari bugungi kunga qadar ushbu yer maydonida qurilish ishlarini amalga oshirmasdan «Elmurod» ismli shaxs orqali 3 mln. AQSh dollariga sotayotganligi haqida tezkor ma’lumot olingan.

Tadbir davomida, 40 gektar yer maydoniga egalik huquqi bo‘lmagan to‘rt nafar tadbirkor hamda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi yordamchisi fuqaro D.A.ga 3 mln. AQSh dollari evaziga sotishga kelishib, oldindan 180 ming AQSh dollarini avans sifatida olgan vaqtlarida ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Departamentining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан