Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bo‘stonliqda IIB xodimi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
20.05.2021 20:13,  
193

Ijtimoiy tarmoqlarda «Tursunov Timur» ismli foydalanuvchi, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hududida Toshkent shahar IIBB xizmat avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganligi haqidagi xabarni joylashtirgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy ma’lumot berdi.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Haqiqatdan, 16 may kuni taxminan soat 04.00 larda Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida salonida Toshkent shahar IIBB xodimi Xurshid Sh. bo‘lgan “Neksiya-3” rusumli Toshkent shahar IIBB xizmat avtomobili (davlat raqami 01 924 VSC) ishtirok etgan.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizlik boshqarmasi tomonidan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. prokuratura tomonidan sodir bo‘lgan YTH yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda, tekshiruv davomida sud-tibbiyot ekspertizasi va boshqa bir qator ekspertizalar tayinlangan. 

Tekshiruv yakuniga ko‘ra Sh.Xurshidning harakatlariga huquqiy baho beriladi.

 Hozirda u o‘z xizmat vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан