Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bo‘stonliqdagi «snos»lar yuzasidan bir qator mansabdorlar ushlangani ma’lum qilindi
3.07.2020 16:03,  
2809

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining dam olish hududlarida o‘zboshimchalik amalga oshirilgan qurilishlar ishi bo‘yicha bir qator mansabdorlar qo‘lga olingan.

Bu haqda Toshkent viloyati prokurori Salom Samadov 2 iyul kuni Bo‘stonliq tumaniga amalga oshirilgan press-tur davomida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri.

Prokurorning ta’kidlashicha, 2020 yil 11 may holatiga ko‘ra Bo‘stonliqdagi noqonuniy qurilishlar yuzasidan sakkizta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ayni paytda 10 kishi tergov oldida javob beryapti.

«Ular orasida mahalla raisi, ’Yergeodezkadastrʼ xodimi, sobiq hokim o‘rinbosarlari, maklerlar bor», — dedi prokuror Samadov.

Uning qayd etishicha, hozirgacha 594 ta ob’yekt noqonuniy deb topilgan, mana shunday noqonuniy tarzda qurilgan deb topilgan 24 ta uyning egalari esa sud jarayoniga kelmayapti.

«Suv bo‘yida, yuqori kuchlanishdagi elektr tarmoqlari ostida qurilgan, ekologiya va yo‘l muhofazasiga ta’sir qiladigan noqonuniy binolarni barchasini buzish davom etadi», — dedi viloyat prokurori.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан