Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Bo‘zsuv» kanalida oqib ketayotgan fuqaro qutqarib qolindi (foto)
23.12.2020 17:49,  
551

Joriy yilning 22 dekabr kuni soat 14:56da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga tuman IIB navbatchilik qismi tomonidan tuman hududidan oqib o‘tuvchi «Bo‘zsuv» kanalida bir fuqaroning suvda oqib ketayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

FVV matbuot xizmati xabar berishicha, tuman fvqulodda vaziyatlar bo‘limining bir guruh qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Foto: FVV matbuot xizmati

Fuqaro qutqaruvchilar tomonidan tezkorlik bilan suvdan olib chiqilib, tez tibbiy yordam xizmatiga topshirilgan.

Hayoti saqlab qolingan fuqaro hozirda shifokorlar nazoratida bo‘lib, o‘zini yaxshi his qilayotgani aytiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан