Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Braziliyada koronavirusga qarshi emlash vaksina tanqisligi sabab to‘xtatildi
18.02.2021 09:24,  
29

Braziliyaning beshta shtati vaksina yetishmasligi sababli koronavirusga qarshi emlashni to‘xtatdi, deb xabar bermoqda mahalliy telekanal Globo.

Ma’lumotlarga ko‘ra, emlashlar Rio-de-Janeyro, Baiya, Matu-Grosu, Salvador va Kuyaba shaharlarida to‘xtatilgan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaharlarda vaksinaning birinchi dozasini olganlar ikkinchi doza bilan emlanishi mumkin. Hali birinchi dozani qabul qilmaganlar vaksinaning yangi partiyasi kelgunicha emlanmaydi.

Ta’kidlanishicha, Rio-de-Janeyro shahri meri Eduardo Paes poytaxtda emlashlar vaksina tanqisligi sababli kelasi haftagacha to‘xtatilishini aytgan.

«Menga yangi dozalar hali kelmaganligi haqida xabar berishdi. Shu munosabat bilan biz emlash kampaniyamizni to‘xtatishga majbur bo‘lamiz», — deb yozgan shahar meri Twitter’dagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharda allaqachon 245 ming kishi emlangan va emlash kampaniyasi kelasi hafta Xitoyning CoronaVac vaksinasining yangi partiyasi kelishi bilan qayta boshlanadi.

Jons Hopkins universitetining ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19 kasalligiga chalinish bo‘yicha Braziliya dunyoda AQSh va Hindistondan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Pandemiya davrida mamlakatning 9 milliondan ortiq aholisi koronavirus bilan kasallangan, kasallikdan vafot etganlar soni 200 mingdan oshadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан