Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Breket nima va uning qanday foydasi bor?
21.09.2020 12:27,  
4254

Avval xabar qilganimizdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi Toshkent davlat stomatologiya instituti dotsenti, tibbiyot fanlari doktori Saidazim Murtazoyev bilan tishlar salomatligi va sun’iy tish borasida suhbatlashdi.

Sun’iy tishlarning salomatlikka ta’siri qanday?

Savol: Bugungi kunda ko‘pincha yoshlar orasida tishlarni to‘g‘rilash maqsadida breket qo‘ydirish ommalashgan. O‘zi breket nima va qanday foydasi bor?

– Breket tizimi yechilmaydigan apparat bo‘lib, inglizchadan qulf ma’nosini anglatadi. Yagona breketning o‘zi tish-jag‘ tizimida uchraydigan anomaliya va deformatsiyalarini davolay olmaydi. Apparat tish qatoriga ta’sir qilishi uchun bir nechta elementlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak: breketning o‘zi (metall yoki chinni), chaynov tishlarga o‘rnatiladigan trubkalar, breketlarga mahkamlanadigan metall yoylar hamda breket va metall yoylarni bir biriga bog‘lab turadigan turli rangdagi elastik rezina tortqichlar.

Breket tizimi universal hisoblanib, u bir vaqtning o‘zida tish-jag‘ sohasidagi sagittal, vertikal va transverzal yo‘nalishdagi o‘zgarishlarni davolash uchun qo‘llaniladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан