Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Brekzit yaqin: Britaniyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi
13.12.2019 18:21,  
148
Buyuk Britaniyada amaldagi bosh vazir Boris Jonsonning partiyasi kecha, 12 dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozondi. Bu esa mamlakat siyosiy xaritasini o‘zgaritib, kelasi oydan mamlakat Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqib keta boshlashini anglatadi, deb yozmoqda Bloomberg nashri.
Parlamentda Jonsonning Konservatorlar partiyasi 1987 yildagi Margaret Tetcher davridan buyon ilk marotaba bu qadar ko‘p ovozga ega bo‘ldi. Ular jami 650 o‘rindan 364 tasini egallashdi. Leyboristlar partiyasi 198, Shotlandiya milliy partiyasi 45 o‘ringa ega bo‘lishdi.
BBC.com
Boris Jonson avvalgi nutqlarining birida saylov natijalari mamlakat uchun “yangi tong” bo‘lishini aytgan edi.
“Biz Brekzitni o‘z vaqtida – 31 yanvarda o‘tkazamiz. Hech qanaqa "agar", "lekin", "balki"larga o‘rin yo‘q”, - dedi bosh vazir.
AQSh prezidenti Donald Tramp Boris Jonsonni g‘alaba bilan qutlarkan, “Buyuk Britaniya va AQSh Brekzitdan keyin yangi savdo shartnomalari imzolash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu YeI bilan tuziladigan har qanday bitimdan kattaroq va foydaliroq bo‘ladi”, dedi.
Twitter.com/realDonaldTrump
Shuningdek, Shotlandiyaning mustaqil mamlakat bo‘lishi va Yevropa Ittifoqi tarkibida qolishi tarafdori bo‘lgan Shotlandiya milliy partiyasi mintaqaga berilgan 59 o‘rindan 48 tasini egalladi va u yerda (katta ehtimol bilan) yana bir referendum o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан