Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Brent neft mart oyidan beri birinchi marta 40 dollarga ko‘tarildi
3.06.2020 09:47,  
117

Mart oyidan beri birinchi marta ICE birjasida savdoda Brent markali neftning avgust fyucherslari narxi bir barrel uchun 40 dollardan oshdi. Soat 06:15 da narx 40,25 dollarni tashkil qildi (+ 5%). WTI markasidagi neft 6,4 foizga ko‘tarilib, barreli uchun 37,73 dollarni tashkil qildi.

Koronavirus pandemiyasi tufayli jahon iqtisodiyoti o‘sishining sekinlashuvi neft bozori uchun jiddiy ta’sir qildi.

Yil boshida karantin cheklovlari tufayli neft bozoridagi eng yirik importchilardan biri Xitoyda neftga bo‘lgan talab keskin pasaydi.

Keyinroq Rossiya va Saudiya Arabistoni neft narxini pasaytirib, bozorda o‘zaro "narx urushi" ga kirishdi.

Amerika bozorida may fyucherslari, hatto noldan past narxda taklif qilindi.

Keyinchalik OPEK+ mamlakatlari bu borada kelishuvga erishdi va hozirda narxlar barqarorlashib bormoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан