"Britancha" koronavirus dunyoning 70 ta davlatini zabt etdi

Dastlab Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning yangi varianti dunyoning 70 mamlakatiga kirib bordi, deyiladi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisobotida.

"Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining barcha olti mintaqasida joylashgan 70 ta mamlakat “Buyuk Britaniya” shtammi bilan bog‘liq holatlar haqida xabar berdi", deyiladi hisobotda.

Bundan tashqari, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining oltita mintaqasidan beshtasida joylashgan 31 mamlakatda patogenning "Janubiy Afrika" varianti qayd etilgan.