Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Britaniya kompaniyasi Toshkentning elektron xaritasini ishlab chiqdi.
14.01.2021 10:02,  
226

Britaniyaning ARUP kompaniyasi ekspertlari Toshkentning elektron xaritasini ishlab chiqdi. Unda kuchli yog‘ingarchilik hamda shahar kanallari to‘g‘onlaridagi yorilishlar natijasida suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlar ham ko‘rsatilgan. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 11-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligi mutasaddilari, ARUP kompaniyasi, Jahon banki mutaxassislari, FVV Toshkent shahar boshqarmasi, “Toshkent shahar suv ta’minoti” MChJ, Toshkent shahar gaz ta’minoti boshqarmasi va “Toshissiqquvvati” AJ rahbariyati ishtirokida shaharni barqaror boshqarish bo‘yicha seminar o‘tkazilgan.

Mutaxassislar Toshkent shahrining barqaror rivojlanishidagi asosiy xavflar – zilzila va suv toshqinlari ekanini ta’kidlagan. Bunda, ayniqsa, zilzilalar natijasida qurbonlar va yo‘qotishlar soni ko‘proq, chunki suv toshqinlari sodir bo‘lish ehtimoli past hisoblanadi.

Seminar ishtirokchilari interaktiv shaklda kuchli zilzila xavfi va ehtimoliy zararlar miqdorini baholagan. Zilzila ro‘y bergan taqdirda infratuzilma buzilishi tizimi ishlab chiqiladi. Birinchi navbatda gaz tarmoqlariga e’tibor qaratish tavsiya etiladi.“O‘zbekiston poytaxti so‘nggi olti yildan buyon har yili bahorgi toshqinlarga tayyor emas. Bu kabi favqulodda holatning eng yirigi birinchi bor 2014-yilning mayida kuzatilgan. 16 soatga yaqin yoqqan yog‘ingarchilik ko‘plab ko‘chalarni haqiqiy ko‘lga aylantirib qo‘ygan edi”, — deb yozadi “Podrobno.uz”.Nashrning ta’kidlashicha, buning asosiy sababi poytaxtda yangi turar joy binolari, yo‘l va ko‘priklar bu kabi holatlar inobatga olinmagan holda qurilgan.

Masalan, suvning to‘g‘ri oqimi hisobga olinmagan, ba’zi ariqlar yo‘l chetida shunchaki joylashgan bo‘lib, hech qayerga eltmaydi.Ikkinchi sababi qilib esa kollektor tarmoqlari va ariqlarning chiqindilardan tozalanmasligi ko‘rsatilgan.ARUP kompaniyasi loyihalashtirish, arxitektura, rejalashtirish, loyihalarni boshqarish sohasida konsalting xizmatlarini taqdim etadi. U 1946-yilda tashkil topgan bo‘lib, dunyoning 36 mamlakatida 96 ta ofisga va 16 mingdan ortiq xodimlarga ega, 160 dan ortiq davlatlarning loyihalarida ishtirok etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан