Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Britaniya Musulmonlar kengashi hukumatni Hayit arafasida masjidlarni himoya qilishga chaqirdi
19.06.2017 16:05,  
2

Buyuk Britaniyadagi musulmonlar va islomiy tashkilotlarning boshqaruv organi hisoblangan Britaniya Musulmonlar kengashi kecha tunda Londonda sodir bo‘lgan terrorchilik hujumi yuzasidan bayonot berdi. Evening Standard nashri xabar berishicha, tashkilot bosh kotibi Horun Xon nomidan e’lon qilingan bayonotda britaniyalik musulmonlar tinchlanishga da’vat qilingan.

“O‘tgan bir necha hafta va oylar davomida musulmonlar ko‘plab islomofobik to‘qnashuvlarga sabr qilishdi. Bu islomofobiyaning hozircha eng so‘nggi shafqatsiz namoyishi bo‘lib qolmoqda”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, musulmonlar kengashi bayonotida yaqinlashib kelayotgan Hayit bayrami munosabati bilan masjidlar atrofida xavfsizlik choralarini kuchaytirish so‘ralgan: “Ramazon oyi oxirlar, Hayit tantanalari yaqinlashib kelar ekan, ko‘plab musulmonlar mahalliy masjidlarga tashrif buyurishadi. Biz hukumatdan zudlik bilan masjidlar tashqarisida xavfsilzik choralarini kuchaytirishlarini kutib qolamiz”.

Musulmonlar kengashi boshqa musulmonlarni tinchlanishga va politsiya voqeani o‘rganishi uchun imkon berishga chaqirgan: “Tergov barcha faktlarni aniqlashga kirishgan ekan, shuningdek, Ramazonning so‘nggi kunlari davom etar ekan, barchani tinchlanishga va jabrlanganlar haqqiga hamda adolat qaror topishi uchun duo qilishga chaqiramiz”.

Eslatib o‘tamiz, kecha yarim tunda Londondagi Finsburi Park masjidida tungi namozni ado etib chiqqan musulmonlar ustiga yuk mashinasi bostirib borishi natijasida 1 kishi halok bo‘lgan va 10 kishi jarohat olgan. Politsiya terrorchilik hujumini taftish qilmoqda. Yuk mashinasini boshqargan haydovchi voqea joyida musulmonlar tomonidan qo‘lga olinib, politsiyaga topshirgan.

Haydovchi «barcha musulmonlarni o‘ldirmoqchi»ligini aytib, hayqirgani aytilmoqda. 48 yoshli terrorchining shaxsi oshkor qilinmagan. Dastalab, guvohlar mashinada uch kishi bo‘lgani haqida aytishgan edi. Politsiya qo‘lga olingan terakt ijrochisidan boshqa gumondorni qidirmayotganligini ma’lum qilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан