Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Britaniya tarixidagi eng yosh og‘ufurush qo‘lga tushdi. U hali maktab o‘quvchisi
7.06.2021 21:41,  
192

Buyuk Britaniyada mamlakat tarixidagi eng yosh krek-kokain savdogari ushlandi. Giyohvand moddalar sotuvchisi boshlang‘ich maktabda o‘qiydi va hozir to‘qqiz yoshda. Bu haqda “The Mirror” nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, politsiya bolani giyohvand moddalarni sotish maqsadida saqlagani uchun qo‘lga olgan. Biroq, 10 yoshga to‘lmasa Angliya va Uelsda jinoiy javobgarlikka tortilmaydi, shuning uchun to‘qqiz yoshli bolaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan.

Bundan tashqari, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bolani o‘z oilasining kattaroq a’zosi noqonuniy moddalarni saqlashga majbur qilgan bo‘lishi mumkin.

“Bu to‘qqiz yoshli bola, hoynahoy, tavakkal qilishni istamagan kattalar bilan birga bo‘lgan”, deydi sobiq jinoyatchi va hozir ijtimoiy tadbirkor hamda jamoat ma’ruzachisi Junior Smart.

Smartning so‘zlariga ko‘ra, u jinoyat dunyosiga birinchi bo‘lib 15 yoshida kirib kelgan va u yerda o‘n yoshli bolalar ham borligidan hayratda qolgan. Uning ta’kidlashicha jinoyatchilik yil sayin yosharib bormoqda.

“Bunda, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi muhim rol o‘ynadi, shu sababli ko‘plab oilalar noqonuniy ravishda pul ishlashga majbur bo‘lyapti. Bundan tashqari, bolalar ko‘pincha giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchi to‘dalar qo‘lidan ekspluatatsiya qilinyapti”, deydi Junior Smart.

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi besh yil ichida Britaniyada to‘qqiz va undan kichik yoshdagi bolalar ishtirokidagi 16 mingdan ortiq jinoyatchilik holatlari qayd etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан