Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Britaniya uchinchi marotaba lokdaun e’lon qilmoqchi
5.01.2021 09:28,  
155

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda koronavirus tarqalishi kuchayayotgani sababli yangi milliy lokdaun kiritilishini e’lon qildi. U bu haqda millatga murojaatida ma’lum qilgan.  

“Virusning yangi varianti qo‘rqinchli sur’atlar bilan tarqalmoqda. Shunisi ayonki, uni to‘xtatish uchun uchinchi milliy lokdaun lozim”, deb aytgan Jonson. Uning aytishicha, bu choralar koronavirusni nazorat ostiga olishga va mamlakatda katta ko‘lamli emlashni o‘tkazishga yordam beradi. 

Jonsonning ta’kidlashicha, koronavirusning yangi shtammi tez tarqalishi hukumatni xavotirlantirmoqda. U olimlar yangi shtamm avvalgilariga nisbatan 50-70 foiz yuqumliroq ekanini isbotlashganini qo‘shimcha qilgan. Shu sababli mamlakatdagi shifoxonalar har qachongidan ko‘ra katta zo‘riqish his qilmoqda va yangi choralar qabul qilinmasa, sog‘liqni saqlash tizimi resurslari 3 haftadan keyin poyoniga yetishi mumkin. 

Yangi cheklovlar 5 yanvardan kuchga kiradi. Britaniyadagi barcha maktablar masofadan o‘qitish tizimiga o‘tadi.

Asosiy cheklovlar esa 6 yanvardan joriy qilinadi. Jumladan, butun mamlakat bo‘ylab majburiy o‘zini yakkalash joriy qilinadi: fuqarolarga faqat ishga borish, oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj buyumlarini xarid qilish, tibbiy yordam olish yoki sport bilan shug‘ullanish uchun uylarini tark etishga ruxsat beriladi. Surunkali og‘ir kasalliklarga ega odamlarga uylarini umuman tark etmaslik tavsiya qilingan. 

Jonson yaqin 3 oyda o‘n millionlab britaniyaliklar emlanishiga umid qilayotganini qo‘shimcha qilgan.

4 yanvarda britaniyalik tibbiy xodimlar hukumatga murojaatlarida mamlakatda epidemiologik xavflilik darajasini maksimal – beshinchi darajaga oshirishga chaqirishgan. Ularning ta’kidlashicha, aks holda sog‘liqni saqlash tizimi tobora ko‘payayotgan bemorlar oqimini eplay olmay qoladi",- deya yozmoqda Kun.uz.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан