Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Britaniyada o‘n minglab nafaqaga chiqqan shifokorlarning ishga qaytishi so‘raldi
20.03.2020 18:37,  
202

Angliya va Uelsdagi 65000 nafardan ortiq nafaqaga chiqqan shifokorlar va hamshiralarga koronavirus tarqalishining oldini olishda yordam berish uchun Milliy Sog‘liqni Saqlash Xizmatiga qaytishni so‘rab xatlar yuborilmoqda, deb BBC xabar bermoqda.

Yuqori lavozimli amaldorlarning ta’kidlashicha, sobiq ishchilar mamlakatdagi vaziyat bo‘yicha tibbiy xizmatlar sifatini kuchaytirish uchun kerak.

Shotlandiyada so‘nggi uch yil davomida tibbiy kasbni tark etgan har bir kishiga Milliy Sog‘liqni Saqlash Xizmatiga ishga qaytish haqida o‘ylab ko‘rish so‘raldi.

Buyuk Britaniyada hayot deyarli to‘xtab qolganligi sababli ko‘plab firma va kompaniyalar minglab ish joylarini yo‘qolishi va inqiroz haqida ogohlantirmoqdalar.

Muhokama qilinayotgan bitta taklif bu - Daniya kabi davlatlarning yetakchisiga ergashishdir. Agar xususiy kompaniyalar xodimlarini uch oy davomida bo‘shatib yubormaslikni va’da qilsa, hukumat ishchilar maoshining 75 foizini qoplashga va’da bergan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан