Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Britaniyalik olimlar saratonning yettita asosiy alomatlarini ma’lum qilishdi
14.01.2019 15:04,  
18

Londonning Makmillan onkologik markazi olimlari yettita asosiy belgilarni keltirib o‘tishdi. Ushbu belgilar eng xavfli kasallik – saraton rivojlanayotgani haqida darak berishi mumkin, deb yozadi Daily Express nashri.

Ichak yoki qovuq ishlarining to‘satdan o‘zgarishi, tushunib bo‘lmaydigan qon ketish, ko‘krak yoki boshqa joyda yo‘g‘onlik (tuguncha) paydo bo‘lishi, yutinishdagi qiyinchilik, xol rangi yoki o‘lchamining o‘zgarishi, qattiq xirillab yo‘talish va uzoq bitmaydigan yara asosiy xavotirli belgilar bo‘lishi mumkin.

Olimlar sanab o‘tilgan alomatlar onkologiyaga bog‘liq ham bo‘lmasligi mumkinligi ta’kidlab o‘tishdi. Ammo shu kabi alomatlar paydo bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilishlarini maslahat berdilar.

Shuningdek, mutaxassislar turmush tarzini o‘zgartirib, saratonning oldini olish mumkinligi qo‘shimcha qilishdi. Xususan, tamaki chekmaslik, sog‘lom turmush tarziga rioya qilish, alkogol iste’molini kamaytirish hamda quyoshdan himoya qiluvchi kosmetikadan foydalanishni keltirish o‘tishdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2030 yilga kelib saraton xastaligi tufayli vafot etganlar soni taxminan 13,5 million kishini tashkil qilishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан