Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Brokonerlikka qarshi kurash oyligida 600 ta huquqbuzarlik holatlari qayd etildi
10.06.2020 14:57,  
131

Brokonerlikka qarshi kurash oyi tadbirida 2020 yil may oyi davomida davlat inspektorlari tomonidan jami 600 ta huquqbuzarlik holatlari (o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va noqonuniy baliq ovi) aniqlangan bo‘lib, 456 nafar huquqbuzarlarga nisbatan jami 2 mlrd. so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zarar summalari belgilangan.

Shundan, ma’muriy jarimalar 447 mln.so‘m, tabiatga yetkazilgan zarar 1 mlrd. 553 mln. so‘m ni tashkil etadi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi Axborot Xizmati xabar berdi.

92 ta holat bo‘yicha 702,7 mln.so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiritildi.

Huquqbuzarlardan 83 ta ov quroli va aslaxalar, 411 ta to‘rlar, 18 ta elektr qarmoq, 22 ta elektr arra va boltalar,  733,8 kg baliq, 92,5 m³ daraxt va butalar o‘tini olib qo‘yilgan.

O‘simlik dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha jami 348 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan bo‘lib, 331,5 mln.so‘m jarima belgilangan, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar – 667,4 mln.so‘m.

Hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha jami 11 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan bo‘lib, 12,4 mln.so‘m jarima belgilangan.

Baliqlarning noqonuniy ovlanishi bilan bog‘liq jami 120 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlangan bo‘lib, 117 mln.so‘m jarima belgilangan, ularning noqonuniy ovlanishi natijasida hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar – 48 mln.so‘m.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан