Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu hafta issiq harorat bilan boshlanib, sovuq harorat bilan tugashi ma’lum qilindi
19.10.2020 17:51,  
911

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududiga quruq va issiq havo massasi ta’sir etishi kuzatiladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet. Respublikamizda kam bulutli ob-havo davom etadi, kunduzi havo harorati 24-27 darajagacha ko‘tariladi, bu esa shu kunlarning iqlimiy me’yoridan 4-5 darajaga yuqori.

21 oktyabr kuni respublikaning shimoliy hududlari G‘arbiy Qozog‘iston orqali Volga bo‘yi ustidan vujudga kelgan sovuq va nisbatan nam havo massasi kirib keladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida bulutlar ko‘payadi, kechqurun esa shamolning tezligi 15-20 m/s gacha esib, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan qismida quruq, kam bulutli ob-havo kutilmoqda.

22-23-oktyabr kunlari salqin havo butun O‘zbekiston hududiga tarqaladi. Respublikaning barcha hududlarida bulut qoplami ortishi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland joylarda esa yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Respublikaning ayrim viloyatlarida shamolning tezligi 15-20 m/s ga yetishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayib boradi va kechasi 3-8 daraja iliqni, shimolda 0-3 darajagacha sovuq va kunduzi 13-18 darajani issiqni hosil qiladi, bu esa shu kunlar uchun harorat me’yorlaridan 3-5 darajaga past bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан