Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu hafta yomg‘ir yog‘ishi va haroratning pasayishi kutilmoqda
25.10.2021 12:22,  
311

O‘zgidrometning ma’lum qilishicha, bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati +20...+22 daraja bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgaradi.

27 oktyabrda respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Mamlakatning qolgan hududlarida quruq ob-havo saqlanib turadi, yuqori va quyi qavat bulutlari hosil bo‘ladi.

Payshanba kuni yomg‘irli zona sharqqa siljiydi va respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlariga yaqinlashganda yog‘ingarchilik kuchayadi.

Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Juma kuni markaziy va sharqiy hududlarda, shuningdek respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

27-28 oktyabrda esa respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Hafta davomida harorat kechalari +4...+9 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat asta-sekin pasayadi va haftaning oxiriga kelib, kunduz kungi harorat +7…+12 darajagacha pasayadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан