Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Bu sengacha ham bo‘lgan, sendan keyin ham bo‘ladi, deydiganlar bor» – Akmal Burhonov
9.03.2021 08:32,  
236

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov vazirlik va tashkilotlarda agentlik faoliyatini xushlamayotganlar borligini, ko‘plab rahbarlar o‘zlari korrupsiya haqida ma’lumot berayotgani barobarida «bu ishga teginma» deydigan mansabdorlar ham uchrayotganini aytib o‘tdi.

«Davlat organlarida shu paytgacha o‘nlab inspeksiyalar tuzildi. Ularning asosiy vazifasi – korrupsiya holatlari bilan bog‘liq xatti-harakatlarning oldini olish. Ular birorta holatni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chiqarishmayapti.

Kimdir o‘ylashi mumkin, demak, korrupsiya yo‘q. Lekin murojaatlar orqali ichki ishlar va prokuratura organlari jinoiy ish qo‘zg‘ab, javobgarlikka tortishmoqda. Aslida bu narsani huquqni muhofaza qiluvchi organlar emas, inpeksiyalarning taqdimnomalari asosida amalga oshirish kerak. Ayrim vazirliklarja «byurokratiya oddiy holat, shunday bo‘lishi kerak» deydigan mansabdorlar ham bor.

Korrupsiyaga qarshi kurashish haqida gap ketganda «Bu sengacha ham bo‘lgan, sendan keyin ham bo‘ladi” deganlar bo‘lgan. Aslida buni agentlik emas, tizim aniqlab berishi kerak. Ko‘plab korrupsion holatlar borki, qonun bilan tartibga solinmagan. Hattoki «shu mumkin emas» degan narsaning o‘zi yo‘q. Shu bois ham menga bemalol «aralashma» deya olishadi
», – deydi u «Amerika ovozi»ga bergan intervyusida.

Aksilkorrupsiya agentligi rahbarining ta’kidlashicha, tizimdagi korrupsiyani yo‘qotishdan manfaatdor bo‘lgan, buning uchun ilk kunlardanoq hamkorlikda ishlab kelayotgan rahbarlar ham bor. U Kadastr agentligi direktori, qishloq xo‘jaligi, xalq ta’limi vazirlarini misol qilib keltirgan.

«Agentlikda faoliyat boshlaganimda Kadastr agentligi rahbari o‘zi qo‘ng‘iroq qilib: «Bizda juda ko‘p korrupsion holatlar bor, men o‘zim ham bilaman, yordam beringlar», degandi. Yoki bo‘lmasa qishloq xo‘jaligi, xalq ta’limi vazirlari murojat qilib: «Birga ishlaylik, biz ham kurasha olmayapmiz, chunki tizim katta» deb aytishgan. Bor bunday idoralar.

Davlat rahbari vazirlik va idoralarda korrupsiyaga qarshi muvofiqlik tizimini joriy etish masalasini qo‘ydilar. Biz 26 ta vazirlik-idorada boshladik. Lekin ayrimlar buni xohlashmayapti. Faoliyatini yashirishga harakat qilishmoqda.

Aksar vazirlik va idoralarda [тизимдаги қоррупцияга қарши курашувчи] o‘z inspeksiyalari bor. Unda o‘nlab odam ishlaydi. Lekin biror natija ko‘rsatmagan. Ular faqat korrupsion holatni keltirib chiqarib, uni yopti-yopti qilish bilan shug‘ullangan
», deydi Akmal Burhonov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан