Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Joriy o‘quv yilida abituriyentlardan test uchun to‘lov olmaslik taklif qilindi
19.05.2020 15:09,  
355

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev joriy yilda xalqimizning daromadlari keskin kamayganligi sababli abituriyentlardan to‘lov olmaslikni taklif qildi.

“Pandemiya sharoitida juda ko‘p sohalarda moliyaviy yengilliklar berilmoqda. Sababi oddiy — xalqning daromadlari keskin kamaydi, ayrimlarniki butunlay yo‘qoldi, desak ham bo‘ladi. Bunaqa vaziyatda davlat turli moliyaviy ko‘mak dasturlarini amalga oshirmoqda.

Xabaringiz bor, o‘tgan yilidan boshlab avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun yarim “minimalka“ miqdorida (101 ming so‘m) to‘lov undirish yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘tgan yili ushbu tizim orqali abituriyentlardan 70 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ tushgani xabar qilingan edi.

Joriy yilda bu to‘lov 111,5 ming so‘m bo‘ladi. Taxminan 700 ming atrofida “eski abituriyentlar“ hujjat topshirishi kutilmoqda.

Biroq aholining iqtisodiy holatini e’tiborga olib, joriy yilda test sinovlari uchun hech qaysi abituriyentlardan to‘lov olmaslikni taklif qilaman.

Xuddi 2019 yilgacha bo‘lgani kabi, testlarda qatnashish bepul bo‘lishi kerak va kirish sinovlari bilan bog‘liq barcha xarajatlar davlat byudjetidan qoplanishi lozim. Yo‘qsa, hozirgi murakkab sharoitda mana shu 111 ming so‘mni ham topa olmasdan, ko‘pchilik yoshlar o‘qishga hujjat topshirish fikridan qaytishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi ushbu taklifni tegishli tartibda ko‘rib chiqib, imkon qadar abituriyentlar uchun foydali qaror qabul qilishadi, degan umiddaman,“ — deydi bloger.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан