Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu yil abituriyentlarga alohida 8694 ta grant asosida kvota ajratiladi
15.06.2020 19:21,  
477

2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida imtiyozlar 7 toifadagi yoshlar uchun taqdim etiladi.

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev yangi o‘quv yilida imtiyozli shartlarda davlat granti asosida jami 8694ta o‘rin ajratilayotgani haqida ma’lum qildi. Taqqoslash uchun, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich qariyb 5 mingta bo‘lgan.

2020-2021 o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida imtiyozlar quyidagi 7 toifa yoshlar uchun taqdim etiladi: 

  • Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun - 2799 o‘rin;
  • Harbiy qo‘mondonlik tavsiyanomasi bo‘lgan shaxslar - 1175 o‘rin;
  • Harbiylarning farzandlari uchun - 1175 o‘rin;
  • Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun - 705 o‘rin;
  • Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun - 1400 o‘rin;
  • Ijtimoiy kam ta’minlangan toifadagi xotin-qizlar uchun - 940 o‘rin;
  • So‘x tumanida yashovchi bitiruvchilar - 500 o‘rin.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun beriladigan tavsiyanomalar bu yil ijodiy va kasbiy yo‘nalish uchun ham amal qiladi. Ilgari bu tavsiyanomalar faqatgina test asosidagi kirish imtihonlari uchun amal qilardi.

Qayd etilishicha, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul ko‘rsatkichi 36 foizga oshgan.

«Joriy yil bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul 36 foizga oshdi. O‘tgan yili 108 915ta o‘ringa talabalar qabul qilingan bo‘lsa, joriy yil umumiy kvota 148 144taga yetkazildi», dedi Behzod Musayev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан