Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bu yil Avstraliyada uchuvchi elektromobillar poygasi o‘tkazilishi mumkin (video)
11.05.2020 13:15,  
296

Yaqin yillar ichida AQSh, Yevropa va boshqa ayrim mamlakatlarda bir nechta startaplar aero taksi xizmatini yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilgan. Alauda kompaniyasi esa uchar elektromobillarning dunyodagi birinchi poygasini mana shu yilning o‘zidayoq o‘tkazmoqchi.

Mazkur kompaniya Airspeeder nomli uchuvchi elektrokarining ilk prototipini 2019 yili namoyish etgan edi. Shundan buyon AQSh Harbiy havo kuchlarining professional pilotlari uning birinchi versiyalarini sinab ko‘rishmoqda.

Alauda yaqinda uning yangi – MK4 modelini yaratganini e’lon qildi, hozirda u yakuniy sinovlardan o‘tkazilmoqda. Kompaniya vakillarining ta’kidlashlaricha, ular yangi turdagi sport musobaqasi – uchadigan elektrik avtomobillarda poyga tashkil etishmoqchi!

Uchar elektrokarlar poygasi Avstraliyaning Adelaida cho‘lida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Bunda qurilmalar to‘ldirilgan borliq texnologiyasi orqali boshqariladi. Mazkur noodatiy poygani VIP-personalar “jonli” tarzda, qolganlar esa internet orqali kuzatishlari mumkin bo‘ladi.

Ayni damda koronavirus pandemiyasi tufayli sinovlar to‘xtatib qo‘yilgan. Lekin Alauda poygani shu yilning oxirida o‘tkazishdan umidvor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан